Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari xizmat mashinasi ekanligi aytilayotgan Trailblazer haydovchisi YPX xodimlari ko‘z o‘ngida uchta yo‘l harakati qoidasini buzdi. Video internetda e’lon qilinganidan so‘ng, avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Mashina oynalari ham ruxsatsiz qoraytirilgani ma’lum bo‘ldi.
Namangan viloyatida Damas mashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasida 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi, ikki yo‘lovchi vafot etdi. Yana bir holatda esa Damas haydovchisi 71 yoshli fuqaroni yo‘ldan o‘tayotganida urib yubordi.
Mirobod tumanida Matiz avtomashinasi yo‘l chetida turgan piyodalarni urib yuborib, ag‘darilib ketgan. Oqibatda 3 nafar piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘l chetida turgan avtomobillarga ham zarar yetgan.
Toshkentda harakatdagi avtomobil eshigiga osilib va avtomashina salonidan chiqib operatorlik qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yakkasaroy tumanida Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Hodisa natijasida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.
YHXBB boshlig‘i Olimjon Saidov avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgilari olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Qo‘shimcha qilinishicha, “UZB” yoki “AAA” kabi seriyali davlat avtomobil raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida “Vaz-2114” (Lada Samara) avtomobili ag‘darilib ketdi. Oqibatda bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ichki ishlar vazirligi YHXBB uch oy ichida 28,3 mlrd so‘mga 30 ta Equinox, 40 ta Cobalt, 17 ta Malibu-2 va boshqa transport vositalarini sotib olgani ma’lum bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidan o‘tuvchi 4K-339 yo‘lida Damas haydovchisi asosiy yo‘ldan kelayotgan «Kamaz»ni o‘tkazib yubormagani sababli YTH sodir etilgan. Uning oqibatida Damas haydovchisi va 18 yoshli yo‘lovchisi vafot etdi, ikki nafar kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Cobalt avtomobil tezligini me’yoridan oshirgani sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, Spark avtomobili bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Cobalt avtomobilining haydovchi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi, 3 kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.
Nukusda 6 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Damas temir yo‘l kesishmasida teplovoz tortib kelayotgan poyezd vagoni bilan to‘qnashdi. Haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi, qurbonlar yo‘q.
Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida Lacetti va Cobalt yengil avtomobillari to‘qnashdi. Natijada bir kishi voqea joyida vafot etdi, bir kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Jizzax viloyati xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida Traller rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag‘darildi. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Guliston shahrida Neksiya va HOWO yuk avtomashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasi natijasida Neksiya haydovchisi vafot etdi va uning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.
Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting